Вторник, 2025-06-24, 3:28 PM
 
Начало Форум Регистрация Вход
Вы вошли как Новичок
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
"Quyosh"
[AnTi]TeamДата: Воскресенье, 2006-03-19, 6:52 PM | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Администраторы
Сообщений: 194
Репутация: 2
Статус: Offline
Ko'kka quyosh asta bo'y cho'zdi. Jamiki mavjudotlarga issiqlik bahsh eta boshladi. Lekin, endi bir inson bu nurlarni boshqa ko'rmaydi, uni hech qachon his qilmaydi ham. Unga bu nurlar endi begona.
Uning bir quyoshi bor edi. Uni judayam sevardi. Har kun tezroq tong otsayu, uni tezroq borib ko'rsa. Uning visoliga to'yib-to'yib qarab olsa. Shu inson uchun undanda yaqin hech narsa yo'q edi usha kezlarda. Unga talpinardi lekin etolmasdi. Har kun u borgan sari uzoqlashaverardi. Har kun quyosh yanada, yanada balandroq ko'tarilaverardi.
Kun o'tkan sari shu insoning quyoshga bo'lgan muhabbati ortib borardi. Quyosh ham go'yo shu insoni sevgandan uni sirtdan kuzatardi. Unga tikilardi-yu lekin ko'rmasdi. Quyosh uchun shu inson o'ta ko'rimsiz edi.
Oradan yillar o'tdi. Endi vaziyat ancha o'zgargan. Quyosh ko'kka bo'y cho'zib nur socha boshlaganda, shu inson panaga bekinardi. Endi u quyoshdan nafratlanar, unga bo'lgan sevgisini ming bor qarg'ardi.
Oradan o'tkan shu yillar ichida, shu insoning kasallikdan ancha boshi chiqmadi. U yotkan hona esa kecha-yu-kunduz zim-ziyo, qorong'u go'yo quyosh ham uni unutkandek edi. U o'rnidan turolmas, shuning uchun oynani oldiga qadam tashlab borolmas edi. Bu kasallik qatdan keldi?
Kechalari quyosh ufqga botkanda uning ko'zlari to erta quyosh chiqquncha yoshga to'llardi. Hatto kunlab ovqat eyishni ham unutardi. Bularning hammasi uni kasallikka olib keldi. U ko'chada yurib borar ekan, nogoh holsizlikdan yiqildi. Shunda uning boshi qattiq lat edi. Mana endi u yurolmaydi, hatto qo'llari ishlamaydi. Oradan bir qancha vaqt o'tib qo'llari ishlay boshladi. Lekin oyoqlari usha jonsiz holatda qolaverdi.
Kecha shu inson yo'ldan o'tib borar ekan, uning ko'zlariga quyosh nurlari tushdi. Quyosh shulasidan ko'zi qamashdi. Osmonga qarasa hammayoq bulut. Lekin bulutlarning orasidan quyosh shula sochib turibdi. Shunda uning yuziga tabassum yugurdi. Uning yuzlari anchadan beri tabassum ko'rmagan edi. U chuqur o'y-hayolga berildi. Uning o'z quyoshi haqidagi orzulari ko'z o'ngida bir boshdan o'tdi. Tezlik bilan kelayotgan avtomashina to'xtashga ulgurmadi.
Bugungi quyosh esa qizg'ish tus olgan. Buning sababchisi esa kechagi kun, hoynahoy.


Ko'zlaring qarida yulduzim ko'rdim
Seni shahlo ko'zlarin suydim
Jondan ortiq sevdim, etmadim
Orzularim ko'p edi bisyor, etmadim.


Сообщение отредактировал [AnTi]Team - Воскресенье, 2006-03-19, 6:53 PM
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: