Yorni hech ham gulga qiyos aylamang
Gul gullagan chog'ida yoqatar poyin
Egallar uyning eng burchak joyin
Tez fursat o'tib bargi sarg'ayib
Suvsizlikdan o'ladi qismatdan toyib Yorni hech ham gulga qiyos aylamang
Gul o'zi kimgadir bir kunlik sovg'a
Yangi uzilgan gul eng lobar narsa
Gul eskirar juda ham tez hafta
U bugun bor ertaga yo'q qismati dasta
Yorni hech ham gulga qiyos aylamang
Siz gulsiz yillab yashay olasiz
Hafta, oy balki yil uni ko'rmaysiz
Uning isi tarqalar, lekin hech qolmas
Yorni gulga qiyoslab zoe qilasiz
Yorni hech ham gulga qiyos aylamang
Dunyoda eng nozik gullar sanalar
Gullarni narxi bor arzon yo qimmat
Gullar har qanday tuproqda o'savermaydi
Unda bir kamchilk bor seva olmaydi