Вторник, 2025-06-24, 7:25 AM
 
Начало Форум Регистрация Вход
Вы вошли как Новичок
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
"Sen qaydan bilasan"
[AnTi]TeamДата: Воскресенье, 2006-03-19, 11:39 PM | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Администраторы
Сообщений: 194
Репутация: 2
Статус: Offline
Man bu she'rni bitta qizga atab ne davno yozgandim!!!

Demak Stix " Sen qaydan bilasan? "

"Sen qaydan bilasan balki bu dunyo,
Faqatgina sen uchun yaratilgandir.
Sen qaydan bilasan balki bu olam,
Sening husningdan bahra olayotkandir.

Sen qaydan bilasan balki nafosat,
Sening husningdan paydo bo'lgandir.
Sen qaydan bilasan balki tabassum,
Sening kulguingdan kelib chiqqanir.

Sen qaydan bilasan balki xarorat,
Sening issiq taftingdan qochib chiqqandir.
Sen qaydan bilasan balki mo'jiza,
Sening hayolingda barpo bo'layotkandir.

Sen qaydan bilasan balki yorug'lik,
Sening qalbingdan asta chiqayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki bu kun,
Faqatgina sen uchun bag'ishlangandir.

Sen qaydan bilasan balki bu yulduz,
Sening hayotingni anglatayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki bu gullar,
Faqatgina sen uchun gullayotkandir.

Sen qaydan bilasan balki bu qushlar,
Faqatgina sen uchun sayrayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki bu osmon,
Sening hayolingdek sof, beg'ubordir.

Sen qaydan bilasan balki bu yomg'ir,
Mening ko'nglimni aks etayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki bu yo'llar,
Bizlarni har kuni adashtirayotkandir.

Sen qaydan bilasan balki bu yurak,
Faqatgina sen uchun duk urayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki bu vujud,
Faqatgina sen tomon talpinayotkandir.

Sen qaydan bilasan balki bu bahor,
Faqatgina biz uchun qaytayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki tabiat,
Bizlarni birlashtirmoq istayotkandir.

Sen qaydan bilasan balki oppoq qor,
Har kuni mening qalbimga yog'ayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki yolg'izlik,
Mening ko'nglimni ho'p qiynayotkandir.

Sen qaydan bilasan balki shu taqdir,
Bizning oldimizda ojizlik qilayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki keng jahon,
Faqatgina biz uchun kenglik qilayotkandir.

Sen qaydan bilasan balki bu chaqmoq,
Bizga otilgan bo'hton gaplar kuchidir.
Sen qaydan bilasan balki bu zamin,
Faqatgina hayot bor yakka makondir.

Sen qaydan bilasan balki har oqshom,
Kimdir seni tushlarida ko'rayotkandir.
Sen qaydan bilasan balki shu kecha,
Seni kimdir jim o'ylayotkandir."


Ko'zlaring qarida yulduzim ko'rdim
Seni shahlo ko'zlarin suydim
Jondan ortiq sevdim, etmadim
Orzularim ko'p edi bisyor, etmadim.
 
msmДата: Вторник, 2006-03-21, 3:30 AM | Сообщение # 2
Подполковник
Группа: Проверенные
Сообщений: 149
Репутация: 5
Статус: Offline
up стихи очень хорошие! Видно от души написаны. :))

Счастье - это не жизнь без забот и печалей, счастье - это состояние души. (Ф.Э Дзержинский)
Поверь мне - счастье только там // Где любят нас, где верят нам. (М.Ю. Лермонтов)
 
InfinityДата: Суббота, 2006-03-25, 1:42 AM | Сообщение # 3
Генерал-майор
Группа: Проверенные
Сообщений: 297
Репутация: 2
Статус: Offline
Стихи супер! Ты наверное их писал в период влюбленности?!! hands ok

I love life and friends!!!
ЖИЗНЬ-ЭТО ПЕРИОД ВЛЮБЛЕННОСТИ!!!
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: